Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

KENGASHDA KUN TARTIBIDAGI MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Shahar hokimi o‘rinbosari O.Xakimov tomonidan  shahar Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi yig‘ilishida kun tartibiga aloqador rahbarlarning hisobotlari tinglandi. 

Jumladan, shahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi tomonidan 2023-yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va shahardagi korxona, tashkilot va muassasalarda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid  ishlarning tahlili; 

Shahardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar holati hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyati; 

Shahardagi korxona, tashkilot va muassasalarda davlat tilida ish yuritish hamda tashqi reklama va ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari holati; 

Shahardagi korxona, tashkilotlarida va ta’lim muassasalarida ijtimoiy-diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish borasida olib borilgan ishlar tahlili kabi masalalarda hisobotlar eshitildi. 

Bundan tashqari, kengash yig‘ilishida sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, soha rivoji yuzasidan ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech