Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT

2024-yil 18-yanvar kuni  Zarafshon shahrida Ijtimoiy-muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida Din ishlari bo‘yicha mutaxassisi А.Hamdamov,  shahar ma’nviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari D.Bahronova  hamda shahar bosh imom xatibi Q.Ibragimov  bilan hamkorlikda  shahar BO‘SM sport rahbarlari va sportchilar hamda harbiylar ishtirokida  "Jaholatga qarshi ma’rifat" targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

 "Yulduz" madaniyat markazida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 5-iyulda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi O‘RQ-699-son Qonuni mazmuni, mamlakatimizda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Yoshlarni  tahdidlardan saqlanishning yagona yo‘li ma’rifat ekanligi, ilm-ma’rifat ulashish, yaratilayotgan sharoitlarga shukronalik hissi bilan yashash   to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. 
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech