Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#SARHISOB Zarafshon shahar elektr ta’minoti tomonidan amalga oshirilgan ishlar

      Zarafshon shaharida jami iste’molchilar soni 25 635 nafar, shundan aholi iste’molchilar soni 24 268 tani, yuridik iste’molchilar 1 367 tani tashkel etib, ushbu iste’molchilarni 100% uzluksiz va sifatli elekter energiyasi bilan ta’minlab kelinmoqda.
       Shuningdik iste’molchilarga jami 27245 dona elektr hisoblagichlar o‘rnatilgan bo‘lib,  shundan 27 140 dona elektr hisoblagichlar elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishni aftomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan hisoblagichlar o’rnatilgan. Qolgan  90 ta eski tipdagi elektr hisoblagichlarni almashtirish ishlari йил yakuniga qadat to’liq o’rnatish ishlari yakunlanadi.
       Zarafshon shahar elektr ta’minotida mavjud iste’molchilarni 2023-yil 1-yanvar holatida elektr energiyasidan bo‘lgan debitor qarizdorligi jami 700 millon                   900 ming so‘mni tashkil etib, shundan 666 millon 400 ming so‘mi yuridik iste’molchilari, 34 millon 500 ming so‘mi aholi iste’molchilari hissasiga to‘g‘ri keladi. 
       2023-yil 1-декабр holarida jami debetor qarizdorligi 317 millon 300 ming so‘mni tashki etib, shundan yuridek iste’molchilar 283,8 millon  so‘mni, aholi iste’molchilar 33,5 milon so‘mni tashkil etadi. Yil boshiga nisbatdan 387,6 millon so‘mga debetor qarizdorlikni kamaytirishga erishilgan.
      Zarafshon shahar elektr ta’minoti hisobida 1 dona   35/10 kVli podstansiya,                129 dona transformator punktlari, 0.4-10-35 kVli 399.2 km havo va kabel elektr uzatish tarmoqlari mavjud.
       2023-yil davomida Zarafshon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan      12 dona transformator punkti va   18.4 km elektr uzatish tarmoqlari to‘liq mukammal tamirlash ishlari bajarildi, shunngdek 30 dona   transformator punkti hamda 66 km elektr uzatish tarmoqlari joriy ta’mirlandi. 
      Bundan tashqari Navro’z va Yulduz mahallalarida quvvati past bo’lgan 4 dona transfarmatorlar o’rniga yangidan quvvati yuqori bo’lgan yangi transfarmatorlar o’rnatildi.
      O‘zbekiston Respublikasi Prezdintining 2023-yil 10-fevraldagi PQ-52-sonli qarorida Muruntau va Yangi Zarafshon MFY hududlarida elektr taminotini yaxshilash bo’yich vazifalar yuklatilgan bo’lib, qaror ijrosini bajarish yuzasidan Zarafshon shahar “Muruntov” MFYda 67 dona eski tayanchlar temir beton tayanchlariga almashtirildi va 5,5 km eski AC simlari SIP2 va SIP4 kabel uzatish tarmoqlariga almashtirish ishlari bajarildi. 3.8 km elektr zatish tarmog‘i va 3dona transformator punkti mukammal tamirlandi. 
        Shuningdik PQ-52 sonli qarori ijrosi yuzasidan “Yangi Zarafshon” MFY hududidagi 98 ta eski tayanchlar beton tayanchlarga almashtirildi va 4,6 km elektr uzatish tarmoqlari yangi SIP2 va SIP4 kabel tarmog‘iga almashtirilib, 2.2 km havo elektr uzatish tarmoqlari va 2 dona transformator punktlari mukammal tamirlandi . 
 “Yangi Zarafshon” MFYda qo’shimcha yana 1 dona transfarmator punkti o’rnatildi.
       Bundan tashqari,  “Yangi Zarafshon” MFY hududida “Obod xonadon” “Obod kucha” “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha qo‘shimcha 35 dona temir beton tayanchlari o‘rnatildi. Ushbu tayanchlarga 3,6 km SIP2 va SIP4 kabel tarmoqlari o’rnatildi.
       154-maxsus qaror bo‘yicha 1 mlrd 40 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, podstansiya “Zarafshon” dan 4-kichik tuman xududida joylashgan yuqori kuchlanishli taqsimlash punktiga 7,3 km yuqori kuchlanishli qo‘shimcha kabel tarmog‘i qurish kuzda tutilgan bo‘lib, bugungi kunda kabellar to‘liq o‘rnatilib, ko‘mish ishlari olib borilmoqda. Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida   Zarafshon shahar elektr ta’minoti korxonasida qo’shimcha 6 ta brigada tashkil etilib, ushbu brigadalarga 14 nafar malakali xodimlar jalb etilgan, korxona omborida zaxira materiallari yaratilgan bo‘lib, zaxira materiallariga 15 dona kabel tarmog‘ini tamirlash uchun mufta, 8 dona xar xil turdagi transformatorlar,  90 kg sim, 500 metrdan ortiq kabel, 3 dona avtomat, 16 dona tayanchlar,  300 kg transformator moyi va 1 dona 10 kV li RLND ajiratkichlar zaxira sifatida omborxonada saqlanyapti.
     Kuz-qish mavsumida xalqimizni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 4 ta qo‘shimch  brigada tashkil etilgan bo‘lib, ushbu brigadalarga jami
 14 nafar xodim biriktirilgan, brigadalarning vazifasi avariyali o’chishlar ro’y berganda qo’shimcha kuch sifatida tezkorlik bilan nosozlikni bartaraf etish xisoblanadi.
      O‘zbekiston Respublikasi Prezdintining 2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovch texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 57-sonli  qaror ijrosi bo’yich shahrimizda xam bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
      57-sonli   qaror bo’yicha jami 3 200 kVt shundan Ijtimoiy soha obektlariga                       900 kVt, Tadbirkorlik subeyktariga 2000 kVt, axoli xonadinlariga 300 kVt quyosh panellari o’rnatish belgilangan bo’lib, bugungi kunda amalda 2 300 kVt 70,5 % bajarilgan. shundan Ijtimoiy soha obektlariga 930 kVt 103% ga, Tadbirkorlik subeyktariga 1030 kVt 52% ga, axoli xonadinlariga 200 kVt 63% ga bajarilgan.
      O‘zbekiston Respublikasi Prezdintining 57-sonli   qarorida belgilangan 3 200 kVt quyosh panellari o’rnatilsa 1 kunda  16 000 kVt 1 oyda 480 000 kVt 1 yilda                    5 760 000 kVt yoki 5 mlrd 184 mln so’mlik elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech