Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Zarafshon shahrida xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sog‘lig‘ini mustahkamlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,  oilalarni mustahkamlash  borasida amalga oshirilgan ishlar

#SARHISOB
Bugungi kunda shaharda 46 989 nafar xotin-qizlar bo‘lib, shundan  30 yoshdan yuqorilar 19 063 nafarni tashkil etadi va  yil boshida xatlov o‘tkazilib 2283 nafar ijtimoiy himoyaga muhoj xotin-qizlar “Ayollar daftari” ga kiritildi. 2023 yil yakuniga qadar “Ayollar daftari”ga kiritilgan 2283 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga quyidagi xizmatlar ko‘rsatildi:

-442 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning hozirgi kunda 442 nafarini bandligi ta’minlandi.

- 69 nafar kredit olish istagidagi xotin-qizlarning hozirgi kunda 69 nafariga imtiyozli kreditlar ajratildi.

- 1772 nafar boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand ,ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarga moddiy yordamlar ajratildi. 

-  2 nafar xotin-qizlarning uy- joyini ta’mirlab berildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning 50 nafari Buxoro shahriga sayoxatga yuborildi. 

2023-yilda “Ayollar daftari” ga kiritilgan jami 2283 nafar xotin-qizlarga  tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, huquqiy va psixologik yordamlar ko‘rsatildi. 
Shuningdek, Sektor rahbarlarining oilaviy ajrimlarni oldini olish bo‘yicha tuzilgan uchrashuv va muhokamalar grafiklari bo‘yicha ajrim yoqqasidagi oilalar bilan muhokamalar o‘tkazildi. Shuningdek, yil boshidan MFYlaridagi “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari”, “Oqila ayollar” va hamkor tashkilotlar tomonidan 147 ta oilaviy kelishmovchiliklar bartaraf etilib, oilalar yarashtirildi va ajrimlar soni o‘tgan yildagiga nisbatan 49 taga kamaydi. Shuningdek, Zarafshon shahar hududini xotin-qizlar jinoyatidan holi hududga aylantirish yuzasidan belgilagan topshiriqlar ijrosi yuzasidan hamkor tashkilotlar bilan ishlar olib borildi natijada xotin-qizlar jinoyati 8 ta kamaytirishga erishdik
2023 – yil sarhisobi bo‘yicha amalga oshirgan ishlarimiz, erishgan yutuqlarimiz bizni 2024 - yilda yanada kuch g‘ayrat bilan ishlashga da’vat etadi.

Zarafshon shahar hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Tursunova
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech