Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#SARHISOB Zarafshon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024-yildagi vazifalar.

            Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, buni insoniyat fan o‘qi atrofida aylanayotgandek tasavvur qilsak to‘g‘riroq bo‘ladi. Jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun ham muhtaram Prezidentimiz   taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir, ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq, deyayotgoni bejiz emas.

 

2023-yilda amalga oshirilgan ishlar

            O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 2023-yilda Zarafshon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida 13 ta maktab faoliyat yuritib, ushbu maktablarda 2023-yil  holatida 18 454 nafar o‘quvchilar  660 ta sinfni tashkil etib 2129 nafar 7 yoshli bolalar 1-sinfga qabul qilindi. O‘quv yilida o‘quvchilar soni o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan  920 nafarga va sinflar soni 25 taga  oshdi. O‘quvchilarni qamrov koeffitsiyenti bo‘yicha yuqori koeffitsiyentli maktablarimizdan 1,11,12 va 13-maktablarda o‘quvchilar sig‘imi  1.9 dan 2.2 koeffitsiyentga oshmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlarni kamaytirish uchun 2023-yil
 20-noyabrda  19-kichik tumanda qiymati 22 mlrd. bo‘lgan,  990 o‘rinli zamonaviy yangi maktab qurilishi ishga tushirilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori chiqarildi.

Umumta’lim maktablarini salohiyatli kadrlar bilan ta’minlash  borasida   2022-yilda 1744 nafar pedagog xodimlar faoliyat yuritib, shundan Oliy ma’lumotli o‘qituvchilar 1642 nafarni, tugallanmagan oliy 42 nafarni va 57 nafar o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagoglarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda jami 1763 nafar pedagog xodimlarni tashkil etdi. Shundan  oliy ma’lumotlilar 27 nafarga oshib 1669 nafarni, o‘rta-maxsus ma’lumotlilar 34 nafar o‘tgan yilga nisbatan 23 nafarga kamaydi. 

1763 nafar pedagoglardan 441 nafar oliy,  457 nafar birinchi, 377 nafar ikkinchi 454 nafar mutaxassis va 34 nafar o‘qituvchilar o‘rta-maxsus o‘qituvchilarni tashkil etmoqda. Shundan o‘rta-maxsus  o‘qituvchilar ulushi 2 maktabda 1 nafarni, 3-maktabda 3 nafarni, 4-maktabda 3 nafarni, 5-maktabda 4, 6-maktabda 2, 7-maktabda 1-, 8-maktabda 4 nafarni, 9-maktabda 2, 10-maktabda 4 nafarni, 12-maktabda 4 nafarni va 13-maktabda 6 nafarni tashkil etmoqda. Oliy va birinchi toifalilar soni jami o‘qituvchiga nisbatan 50.9 foizni tashkil etmoqda.

 2022-2023-o‘quv yilida Zarafshon shahridagi umumta’lim maktablarini jami 807 nafar 11-sinfni tamomlab shundan 388 nafari (48%) Davlat test sinovlari asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi.

Zarafshon shahar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda o‘tgan yilga nisbatan davlat test sinovi asosida oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi 49.5 foizdan 48 foizga (-1,5%) pasaygan.

 Shuningdek, ushbu ko‘rsatkichlar maktablar kesimida tahlil qilinganda 4-sonli maktab 30 foizdan 20.5 foizga (-9.5%), 3-sonli maktab 48.7 foizdan 47.8 foizga (-0.9%) 9-sonli maktab 31.8 foizdan 16.7 фоизга(-15.2%),12-сонли maktab 66.4 foizdan 52.1 foizga (-14.2%),1-сонли maktab 46.3 foizdan 41.9 foizga (4.4%), 10-sonli maktab 43.9 foizdan 43.1 foizga (-0.7%) pasaygan.

Bitiruvchilarning o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari jami maktablar hisobida 96.5 ballni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 1.7 ballga ошган.Ўртача ball bo‘yicha pasaygan maktablar 1-maktab  -2.4 foizga, 4-maktab -17.36 foizga, 6-maktab 5.53 foizga, 9-maktab -1.8 foizga,12-maktab -2.77 foizlarga pasaygan.

  Bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi   va o‘tkazilgan test natijalari  o‘rtacha ballari bo‘yicha 3-8-11-maktablarda sezilarli darajada oshib, sariq tofadan yashil maktab toifasiga  ko‘tarildi.

 4 va 9-maktablar sariq toifadan qizil toifadagi maktablarga  5-sonli maktab to‘q qizil toifaga pasaygan. Jami o‘rtacha ball samaradorligi bo‘yicha 3.8.11.12.13-maktablar yashil, 1.2.6.10-maktablar sariq, 4,7,9-maktablar qizil va 5-maktab to‘q qizil toifaga belgilandi. Bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish reytingi joriy yilda bitiruvchilarning o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari bilan hisoblanib, Zarafshon shahri viloyatda 96.4 ball bilan birinchi pag‘onani egalladi. Shundan maktablar kesimida 12-maktab 103.85 ball bilan shaharda 1, viloyatda 21, Respublikada 299 o‘rin, 3-maktab 102.05 ball shaharda 2, viloyatda 27, Respublikada 352 o‘rin, 13-maktab 101 ball shaharda 3 o‘rin, viloyatda 28, Respublikada 394 o‘rin, 8-maktab 97.4 ball shaharda 4, viloyatda 44 va Respublikada 567, 2-maktab 94.77 ball shaharda 5, viloyatda 50, Respublikada 726 o‘rin, 11-maktab 94.65 ball shaharda 6, viloyatda 53, Respublikada 739 o‘rin, 1-maktab 93.43 ball bilan shaharda 7-o‘rin, viloyatda 64, Respublikada 840 o‘rin, 10-maktab 91.29 ball bilan shaharda 8, viloyatda 78, Respublikada 1070-o‘rin, 6-maktab 76.60 ball bilan shaharda 9, viloyatda 225, Respublikada 4014 o‘rin, 7-maktab 74.80 ball shaharda 10, viloyatda 236, Respublikada 4568 o‘rinda, 9-maktab 73.90 ball shaharda 11, viloyatda 244, Respublikada 4836-o‘rin, 4-maktab 61.14 ball shaharda 12-o‘rin, viloyatda 322, Respublikada 8761-o‘rin, 5-maktab 52.30 ball shaharda 13, viloyatda 347, Respublikada 9863-o‘rinlarni egalladi.

 

2023-2024-o‘quv yilida o‘rtacha ball hisobidan past natija ko‘rsatgan maktablarda bitiruvchilarning bilim samaradorligini chuqur tahlil qilish, 11-sinfda dars bergan o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini o‘rganish zarur bo‘lsa malaka oshirish kurslariga jalb qilish yoki yuqori malakali o‘qituvchilar bilan almashtirish hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha manzilli ishlarni amalga oshirish vazifalari har bir maktab rahbarining dolzarb masalalariga aylanishi zarur. 2024 yilda 11-sinfni bitiruvchilar soni 967 nafarni tashkil etmoqda.Ushbu bitiruvchilarning tanlagan yo‘nalishlari ustida doimiy ravishda Abituriyent shtabi faoliyat yuritishi, ularning ota onalari bilan tushuntirish ishlarini olib borish, o‘tgan o‘quv yilida qizil toifaga tushgan 4 ta maktabning natijasini ko‘tarish asosiy vazifalarimizdan biridir.

Shuningdek bitiruvchilarimizning xorijiy va asosiy fanlardan milliy va xorijiy sertifikatlarni olishi ustida ishlashimiz zarur.

Joriy yilda xorijiy tillardan dars berayotgan 199 nafar o‘qituvchilardan 184 nafarida Xalqaro tan olingan til bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar mavjud. Shundan bugungi kunda 15 nafar o‘qituvchilarda sertfikatlar mavjud emas. Shundan 2-maktabda 3 nafar, 3-maktabda 1 nafar, 5-maktabda 1 nafar, 8-maktabda 1 nafar, 12-maktabda 2 nafar va 13-maktabda 4 nafar va 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 3 nafar ingliz tili va 1 nafar rus tili o‘qituvchilarning birontasida sertifikatlar mavjud emas. Kadrlar salohiyatini oshirish borasida olib borilayotgan islohatlar va imkoniyatlar davrida o‘qituvchilarimizning o‘z fanini bilish darajasini belgilovchi bu yo‘nalishda ham kamchiliklarimiz mavjud.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev “O‘qigan, izlangan, kasb egallagan inson qadrli bo‘ladi” deb bejizga aytmaganlar. Ilm-ma’rifat va kasb-hunar har bir davrda kishilik jamiyati taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib kelgan. "Hunarli kishi xor bo‘lmas". Qo‘lida hunari bo‘lgan odamning ro‘zg‘ori but, ko‘ngli tinch, jamiyatda o‘z o‘rniga ega. Hunarli inson o‘ziga ham o‘zgalarga ham naf keltiradi Bugungi yoshlarimizga mana shu so‘zlar zamirini chuqur anglatish hamda o‘zlari qiziqqan kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida mamlakatimizda muayyan kasb-hunarni yegallashi hamda xorijiy tillarni mukammal o‘rganishni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27 “2022-2023-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning tarqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili ”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonning 8-bandida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2023-yil 14-avgustdagi 239-sonli buyrug‘i asosida Zarafshon shahar 3-KBFCHO‘IDUM ikkinchi xorijiy til va bitta kasb-hunar o‘rgatishga tayanch maktab bo‘ldi va ushbu maktab o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab 7-sinf o‘quvchilariga ikkinchi xorijiy til koreys tili hamda 10-sinf o‘quvchilari tikuvchilik va mebel yig‘ish va ta’mirlash yo‘nalishi bo‘yicha kasb-hunar o‘rganish yo‘lga qo‘yildi.

2024-yil yanvar oyidan boshlab 4-umuta’lim maktabida

7-sinf o‘quvchilariga ikkinchi xorijiy til koreys tili hamda 10-sinf o‘quvchilari tikuvchilik va Fotomuharrir yo‘nalishi bo‘yicha kasb-hunar o‘rganish yo‘lga qo‘yiladi.

2024-yil yanvar oyidan boshlab 8-umuta’lim maktabida 7-sinf o‘quvchilariga ikkinchi xorijiy til nemis tili hamda 10-sinf o‘quvchilari tikuvchilik va Dasturlovchi yo‘nalishi bo‘yicha kasb-hunar o‘rganish yo‘lga qo‘yiladi.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib ikkinchi xorijiy til va bitta kasb-hunar o‘rgatishni hozirdan yo‘lga qo‘yishni puxta rejalashtirib olishi kerak.Maktab rahbarlari o‘z imkoniyatidan kelib chiqib,ikkinchi xorijiy til va bitta kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha qaysi yo‘nalishlarda tashkil etmoqchi o‘z takliflarini berishi kerak.

2023-yilda iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining II shahar bosqichida 670 nafar 9-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, shundan 108 nafar o‘quvchilar III vilyaot bosqichda o‘z bilimlarini sinagan bo‘lsa, III viloyat bosqichda 16 nafar iqtidorli o‘quvchilarimiz 1,2,3-o‘rinlarni egalladi.Shundan 11-sinflarda sovrinli o‘rinlarni egallagan 7 nafar o‘quvchilarimiz IV Respublika bosqichida ishtirok etish arafasida turibdi.Asosiy maqsadlarimizdan biri 11-sinflarda Respublika fan olimpiadasida sovrinli o‘rinlar egallash, buning uchun maktab rahbarlari shaxsan nazorat ostida o‘quvchilarni fan olimpiadaga tayyorlash ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish kerak.

Fan olimpiadasi iqtidorli o‘quvchilarni aniqlab beradigan asosiy yo‘nalishlardan biri, shuning uchun keyingi fan olimpiadalariga ishtirok etish uchun zamin bugundan boshlanishi kerak. Barcha maktablar 7-8-9-10-11-sinf o‘quvchilaridan olimpiada bazasi shakllannishi zarur.

Shuningdek, iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish borasida 2023-yilda 9-sinflarda 53 ta a’lo darajali shahodatnoma va 11-sinflarda 3 ta kumush, 37 ta oltin medal bilan taqdirlandi.Joriy yilda ushbu ko‘rsatkich 9-sinflarda 29 taga ko‘payib 82 tani va 11 sinflarda oltin medal 5 taga ko‘payib 42 taga nomzodlar tavsiya etilgan.

Joriy yilda “Zamonaviy maktab” loyhasi asosida 1 va 13-ixtisoslashtirilgan maktablar 12 ta yo‘nalishda yuqori natijalar bilan Zamonaviy maktab maqomiga ega bo‘ldi. 2024 yilda ushbu loyha asosida o‘rganiladigan maktablar maktabning moddiy tehnik jihozlanishi, o‘quv-tarbiya jarayoni, sinfdan tashqari ishlar, to‘garaklar faoliyati va budjettan tashqari tushgan mablag‘ hisobini ko‘paytirish ishlarini rejalashtirib olishi zarur. Ta’lim muassasalarida ijro intizomi to‘liq edo.uz tizimiga tushirildi.Barcha maktabgacha va maktab rahbarlari ushbu tizim asosida ijro intizomi reglamentiga rioya qilishi kerak.Murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganib, kamaytirish choralarini ko‘rish kerak.

Davlatimiz Rahbari tomonidan 2023-yil 29-noyabrda IT sohasini rivojlantirish davlat boshqaruvini raqamlashtirish muhomasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2026 yilda O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkaziladigan Xalqaro informatika olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha 5-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida iqtidorli IT sohasiga qiziqishi bor qobiliyatli o‘quvchilarni saralash ishlari bugundan boshlanishi kerak.Informatika fani o‘qituvchilari o‘zlari olimpiada bo‘yicha dasturlash tillarini mukammal o‘rganishi kerak. 2023-yilda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilgan holda, 2024-yilda aniq maqsadlar sari qadam bosishimiz shart va zarur.

Kirib kelayotgan yangi yilda har biringizga yangidan yangi muvofaqqiyatlar tilab qolaman.Yangi yilda xonadonlaringizga baxt saodat,sixat salomatlik tilayman.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech