Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#JARAYON

#JARAYON

Yangi Zarafshon mahalla binosi   rekonstruksiya qilindi. Zamonaviy qiyofadagi mazkur maskandagi amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va yaratilgan shart-sharoitlar tadbir davomida shahar hokimi, sektor rahbarlari, mutasaddilar, nuroniylar, mahalla faollari ishtirokida  ko'zdan kechirildi. Maskan ochilishi munosabati bilan shahar jome masjidi bosh imom xatibi tomonidan Qur'on oyatlaridan tilovatlar qilinib, duoga qo'l ochildi.

Aytish joizki, bugun mahalladagi 7 ta ko‘cha, 1433 ta xonadon, 1543 ta oila hamda 6789 nafar fuqaro xonadonida bayram shukuhi kezmoqda. Negaki, uzoq yillardan buyon aholini qiynab kelgan muommalar  qisqa fursatlarda hal etilib, mahalla obod manzilga aylanmoqda. Ichki yo'llar va ko'chalar  asfaltlashtirildi.  Ichimlik suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 27  km ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, aholi xonadoni toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda.  Shuningdek, mahalla hududida zamonaviy ko‘rinishga ega workout, bolalar maydonchalari barpo etildi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech