Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

“KEKSALAR UCHUK TURIZM OYLIGI" DOIRASIDA SAMARQANDGA SAYOHAT UYUSHTIRILDI

Zarafshon shahrida “Keksalar turizm oyligi” doirasida bir qator tadbirlar tashkil etilib, shahardagi yoshi ulug' nuroniylar va mehnat faxriylari ushbu tadbirlarga faol jalb etilmoqda.

Mazkur oylik doirasida hamda Konstitutsiya bayrami munosabati bilan zarafshonlik bir guruh nuroniylarning navbatdagi sayohati ko'hna va navqiron deya ta'riflanadigan Samarqand shahriga uyushtirildi.

Sayohat davomida 50 nafardan ziyod otaxon va onaxonlar Samarqandning tarixiy va mahobatli me'moriy obidalari va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik inshootlari bilan yaqindan tanishdilar.

Sayohatchilar Go'ri Amir, Registon, Hazrati Xizr, Shohi Zinda, Ulug'bek rasadxonasi kabi qadamjolarni ziyorat qilisharkan, ajdodlarimizning ilm-fan va insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shganiga yana bir bor guvoh bo'ldilar.

Shuningdek, shahardagi bunyodkorlik ishlari, ayniqsa, "Boqiy shahar" majmuasi nuroniylarda iliq taassurotlar qoldirdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech