Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHONLIK KEKSA AVLOD VAKILLARI UCHUN BUXORO SHAHRIGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI

2019-yil 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 816-son qarori qabul qilinib, har yili oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan. 

Shu munosabat bilan  bugun erta tongdan “Keksalar haftaligi” va "Ma'rifat tur"  loyihasi doirasida Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanovning tashabbusi bilan "Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezonlari asosida bunyodkorlik ishlari davom etayotgan Yangi Zarafshon mahallasidagi nuroniy otaxonlar, hoji onalar hamda kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun Buxoro shahriga ziyorat sayohati tashkil etildi. Sayohat davomida Buxoroyi Sharifdagi qutlugʻ qadamjolarda boʻlib, ziyorat amallarini bajo keltirishdi. Shuningdek, Qurʼon tilovat qilinib, ezgu niyatlar bilan duolar qilindi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech