Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA “USTOZ TA’LIM BUNYODKORI” SHIORI OSTIDA O‘QITUVCHILAR QURULTOYI O‘TKAZILDI

✅Zarafshon shahridagi  1-sonli xorijiy tillar chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida 2023-yil 7-noyabr kuni tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklar borasida takliflarni umumlashtirish maqsadida “Ustoz ta’lim bunyodkori” shiori ostida o‘qituvchilar qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni shahar hokimi o‘rinbosari O.Хakimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Barcha pedagoglarni ushbu qurultoy bilan samimiy qutlab, qurultoy ishiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Aniq fanlar, tabiiy fanlar, boshlang‘ich ta’lim, ona tili va adabiyot yo‘nalishlarida tashkil etilgan shoʻbalarda respublika miqyosida o‘tkazilgan onlayn darslarda tahsil olgan trener o‘qituvchilar o‘z bilim va malakalarini har bir ta’lim muassasasidan tashrif buyurgan hamkasblari bilan bo‘lishishdi.               
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech