Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

TASHQI YOZUVLARNING DAVLAT TILIDA BO'LISHI TA'MINLANDI

Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi va "Reklama toʻgʻrisida"gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida shahardagi tashqi yozuvlarning joriy holati oʻrganildi. 
Oʻrganish jarayonida joriy yilning 3-choragida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida "Bahor" savdo kompleksi hududida mavjud xato va kamchiliklar tadbirkorlik subyektlari tomonidan bartaraf etilganligi aniqlandi.

Eslatib oʻtamiz, "Reklama toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatilishi belgilab qoʻyilgan.
Batafsil: https://lex.uz/docs/-6052631

Hurmatli tadbirkorlar!
Savdo faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi reklama va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishingizni soʻraymiz.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech