Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

FUQAROGA OʻZINI OʻZI BANDLIGINI TAʼMINLASH UCHUN ZARUR JIHOZLAR TOPSHIRILDI

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun  shart-sharoitlar yaratish, fuqarolarning oʻzini oʻzi band qilish maqsadida zarur  asbob-uskuna, mehnat qurollari taʼminlash doimo rahbarlar nazoratida. 

Obod xonadon, obod koʻcha, obod mahalla mezonlari asosida yangi qiyofa kasb etayotgan Yangi Zarafshon MFY da istiqomat qiluvchi fuqaro Mardiyeva Sevaraga tadbirkorlik bilan shugʻullanish va oʻzini oʻzi bandligini  taʼminlash, xususan, uyida tikuvchilik bilan shugʻullanishi uchun shahar hokimi N.Rahmanov, shahar prokurori Sh.Shernazarov, tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida zarur jihozlar jamlanmasi topshirildi. 

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech