Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

OBOD XONADON, OBOD KOʻCHA, OBOD MAHALLA

Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov va sektor rahbarlari tomonidan barcha tegishli tashkilot rahbarlari va masʼullar ishtirokida Yangi Zarafshon mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan shtab yigʻilishi oʻtkazildi.

Har bir koʻcha va xonadonlarga biriktirilgan shtab ishchi guruh vakillari berilgan topshiriqlar ijrosi, amalga oshirgan ishlari boʻyicha hisobot berdi.  Kelgusidagi rejalar, xususan, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi xonadonlarida taʼmirlash, qurilish, tartibga keltirish, tozalik, obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etgan holda oʻz vaqtida bajarilishi, mahalla obodligi uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish topshirildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech