







Har bir koʻcha va xonadonlarga biriktirilgan shtab ishchi guruh vakillari berilgan topshiriqlar ijrosi, amalga oshirgan ishlari boʻyicha hisobot berdi. Kelgusidagi rejalar, xususan, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi xonadonlarida taʼmirlash, qurilish, tartibga keltirish, tozalik, obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etgan holda oʻz vaqtida bajarilishi, mahalla obodligi uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish topshirildi.