Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

O‘zbek tili bayrami Zarafshon shahrida ham munosib nishonlanmoqda

Til - davlat timsoli,  mulki,  millatning madaniy va ma'naviy boyligi,  xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush-tarzi va tarixidan darak beruvchi vositadir. Shu sabab,  uni asrab-avaylash,  o‘z ona tilimizda mazmunli, ravon so‘zlash har birimizning  burchimizdir. 

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Zarafshon shahar "Yulduz"  madaniyat uyida  “Ona tili  – millat g‘ururi” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir davomida mavzuga oid kuy-qo‘shiqlar ijro etildi,  badiiy chiqishlar namoyish etildi,  she'r va ma'lumotlar berildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech