Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

MAʼNAVIYAT MEHMONDA LOYIHASI O‘TKAZILDI

Bugun,  Navoiy viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari A.Muqimov, Zarafshon shahar "Ma'rifat targ‘ibotchilar" jamiyati,  "Oqila ayollar"  harakati a'zolari tomonidan “Maʼnaviyat mehmonda” loyihasi doirasida Zarafshon shahridagi “Yangi Zarafshon” mahallasi miqyosida “Mahalladagi maʼrifatli oila”, “Eng namunali ota-ona”, “Adolatli qaynona” “Mahallaning eng namunali kelini”, “Mahalladagi odobli qiz” deb eʼtirof etilgan xonadonlarda boʻlib, ular bilan oila maʼnaviyati va farovonligiga erishishning yoʻllari hamda oila vakillarining muvaffaqiyatlari xususida subatlashildi. 

Tadbir davomida ushbu fayzli xonadon sohiblariga mahalla va xonadonlar obodligi va yurt ravnaqiga qoʻshayotgan xizmatlari uchun  minnatdorchilik bildirib, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimining kitoblar jamlanmasi tuhfa qilindi. 
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech