Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA SPORTNING VOLЕYBOL TURI BOʻYICHA ICHKI ISHLAR BOSHLIGʻI KUBOGI MUSOBAQASI DAVOM ETMOQDA

"Biz jinoyatchilikka qarshimiz" shiori ostida Zarafshon shahar  hududidagi barcha korxona-tashkilotlar (ayollar va erkaklar) oʻrtasida sportning "Voleybol" turi boʻyicha IIB boshlig'i kubogi musobaqasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

✔️Musobaqa ochilish marosimida shahar hokimi N.Rahmanov, shahar IIB boshlig'i E.Yaxyoyev va sektor rahbarlari hamda korxona-tashkilot maʼsullari ishtirok etishdi.

🏐Ushbu musobaqada shahar hokimi N.Rahmanov sportchilarga omad va zafarlar tilab, musobaqani ochib berdi.

Shuningdek, musobaqada ayollar va erkaklar oʻrtasida gʻolib boʻlgan 1-oʻrin, 2-oʻrin va 3-oʻrin jamoalari shahar  IIB boshlig'i kubogi🏆 diplomlar hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishadi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech