Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MAJLISLAR ZALIDA XALQ DEPUTATLARI ZARAFSHON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI OLTMISH TOʻRTINCHI SESSIYASI BOʻLIB OʻTDI

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MAJLISLAR ZALIDA XALQ DEPUTATLARI ZARAFSHON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI OLTMISH TOʻRTINCHI SESSIYASI BOʻLIB OʻTDI🔰Sessiya kun tartibida quyidagi muhim masalalar oʻrin oldi:

➡️Sektor rahbarlarining hududda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar hisobotini eshitish boʻyicha Zarafshon shahar hokimi, 1-sektor rahbari Nazirbek Rahmanovning hisoboti;

➡️Shahar hokimi o‘rinbosarlari tomonidan joriy yilning 2-choragi yakuni holatiga tegishli yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shahar hokimi oʻrinbosarlari A. Shoxmirzayev, X. Oripov, O.Xakimovning hisobotlari;

➡️Shaharda sog‘liqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A. Karamatovning hisoboti;

➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Zarafshon shahrida 2022-2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning 10-bandi ijrosi boʻyicha shahar prokurori, 2-sektor rahbari Sh. Shernazarovning hisoboti;

➡️Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish boʻyicha  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zarafshon shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri E. Nurmuxamadovning hisobotlari va shuningdek, boshqa muhim masalalar  koʻrib chiqildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech