Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

AYOLLAR JINOYATINI OLDINI OLISH VA BANDLIGINI TAʼMINLASH BOʻYICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLILIY KOʻRIB CHIQILDI

Zarafshon shahar hokimligi majlislar zalida Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha Respublika komissiyasining 2023-yil 22-avgustdagi 3-sonli kengaytirilgan yig'ilishi bayoni ijrosini taʼminlash, shahardagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashidan Zarafshon shahriga biriktirilgan vakillar  J.Shukurov, A.Rahmatov, shahar hokimi N.Rahmanov,  sektor rahbarlari hamda tegishli korxona mutasaddilari, mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Amalga oshilayotgan ishlar toʻgʻrisida mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

Yigʻilishda mahalla beshligining oʻzaro hamkorligini oshirish, ijtimoiy profilaktika choralariga yangicha yondashish zarurligi ta’kidlanib, mahallalarni jinoyat va huquqbuzarliklardan holi hududga aylantirish, ayollar, yoshlar uchun tadbirkorlikka keng yoʻl ochish boʻyicha ishlar belgilandi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech