Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

BAHOR MAHALLASIDA SPORT MAYDONCHASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Bugungi kunda mamlakatimizda aholini, jumladan yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb qilish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda...

Zarafshon shahrida ham Mustaqillik bayramining 32 yilligi arafasida yoshlarga tuhfa sifatida yangi sport maydonchasi ochilish tadbiri bo'lib o'tdi.

 Bahor mahalla fuqarolar yig'inida o'tkazilgan tadbir davomida shahar "Nuroniylar" jamg'armasi raisi  H.Ernafasov, mas'ullar, nuroniylar, fuqarolar, yoshlar ishtirok etib, ushbu sport maydonchasi tantanali tarzda ochib berildi.

Shuningdek, tadbir davomida ajoyib  kuy-musiqalar tashrif buyurganlar ko'nglini xushnud etdi. Bolalarga muzqaymoqlar ulashildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech