Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

BOLALARGA QUVONCH ULASHIB...

Bolalarning sho‘x-shodon kulgilari olamni quvonchga to‘ldiradi. Ular ozod vatan bag‘rida yayrab yashashlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud...

Bugun, Zarashon shahar "Quruvchi" mahallasida yana bir quvonchli maskan - bolalar maydonchasi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ochilish tadbirida Zarashon shahar hokimligi mutasaddi rahbarlari, shahrimiz bolajonlari, ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Ushbu shodiyonada yana bir obod va xavfsiz, shuningdek, zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratilgan 
bolalar maydonchasi shahrimiz bolajonlari ixtiyoriga topshirildi.
Bolajonlarga ajoyib va  unutilmas tuhfalar bilan birgalikda muzqaymoqlar ulashildi.

Tadbir davomida "Yulduz" madaniyat markazining xushovoz xonandalari tadbir ishtirokchilari uchun ajoyib kuy-musiqalar ijro etishdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech