Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA "ROADSHOW" TAQDIMOTI OʻTKAZILDI

ZARAFSHON SHAHRIDA "ROADSHOW" TAQDIMOTI OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-102-sonli qarori qaror mazmun-mohiyatini tushintirish va targʻibot qilish ishlarini jadallashtirish maqsadida, 

Joriy yilning 17-avgust kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan  Zarafshon shahrida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer uchastkalari toʻgʻrisida navbatdagi “Roadshow” taqdimoti oʻtkazildi.

Unda Zarafshon shahar hokimi birinchi oʻrinbosari A.Shoxmirzayev, Davlat aktivlarni boshqarish agentligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari M.Joʻraqulov, masʼullar, shuningdek, Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumani tegishli masʻul tashkilotlari va hududdagi tadbirkorlik subyektlari  ishtirok etishdi.

Davlat agentligi mutasaddilari tomonidan qatnashchilarga “E-auksion” elektron savdo platformasidan foydalanish boʻyicha "master-klass" oʻtkazilib, savdo platformasida shaxsiy kabinet ochish, onlayn elektron imzo olish va savdolarda qatnashish uchun arizalar berish tartiblari ham nazariy, ham amaliy tushuntirildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech