Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Zarafshonlik Paralimpiya sovrindori "Jasorat" medali sohibi Elbek Sultonov 2-marta olimpiada o‘yinlarida qatnashadi

Fransiyada o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining kunduzgi dasturida 3 nafar hamyurtimiz sovrindorga aylandi.

Jumladan, ayollar o‘rtasida F13 klassida nayza uloqtirish dasturida Nozimaxon Qayumova hamda F57 klassida disk uloqtirish dasturida Mohigul Hamdamova kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish dasturida Elbek Sultonov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu sportchilarimiz ham jahon chempionatida qayd etgan muvaffaqiyatlari tufayli Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri lisenziyani qo‘lga kiritdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech