Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"Shirintoy” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qayta ish faoliyatini boshladi

"Shirintoy” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qayta ish faoliyatini boshladi

Bugun,  Zarafshon shahar “Yangi Zarafshon” MFY sanoat hududida joylashgan “Qizilqum Zar-Gul” davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi “Shirintoy” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qayta ish faoliyatini boshladi. 

Unda shahar hokimi Nazirbek Raxmanov, shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Xakimov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, fuqarolar ishtirok etdi.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotiga 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Ta’lim–tarbiya jarayonlari malakali pedagoglar tomonidan o‘zbek va rus tilida olib boriladi. Bolalar kun davomida taomnoma asosida 4 mahal ovqatlantiriladi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti  zamon talablari  asosida jihoz va mebellar bilan  me’yor talablari asosida jihozlangan. Maktabgacha ta’lim tashkilotida sayrgoh, sport va musiqa zallari mavjud. Bundan tashqari  maktabgacha ta’lim tashkilotida ingliz, rus tillarini  va  raqsni o‘rgatish bo‘yicha qo‘shimcha to‘garaklar  ham tashkil  etilgan. 

Joylashgan manzili: Zarafshon shahar markaziy bozor ro‘parasida 
Murojaat qilish uchun telefon raqamlari: 88 373 90 07, 91 309 12 04










Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech