Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

MUKAMMAL TA'MIRDAN SO‘NG MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI O‘Z ISH FAOLIYATINI BOSHLADI

MUKAMMAL TA'MIRDAN SO‘NG MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI O‘Z ISH FAOLIYATINI BOSHLADI

Bugun,  27-yanvar kuni Zarafshon shahar  4-sektor hududidagi Navro‘z mahallasida “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida umumiy loyiha qiymati 3 milliard 25 million bo‘lgan “Behzod kelajak Nur” xususiy korxonasi tomonidan mukammal ta'mirlashdan chiqarilgan maktabgacha ta'lim tashkilotining topshirilish tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Raxmanov, shahar IIB rahbari Elyor Yaxyoyev, shahar DSI rahbari, hokim o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari va nuroniylar ishtirok etdi.

Unda so‘z olgan shahar hokimi Nazirbek Raxmanov va nuroniylar soha vakillariga o‘z dil izhorlarini bildirdi. Hamda milliy an'analarga binoan quruvchilarga to‘nlar yopildi.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish kerakki,  ushbu 420 o‘rinli maktabgacha ta'lim tashkilotining quvvati 60 taga oshirilib, mukammal ta'mirdan so‘ng 480 taga yetkazildi. Quvonarlisi, ushbu maskanning mukammal ta'mirdan chiqishi bilan hududdagi 60 o‘rinli maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari ushbu maskan maktabgacha ta'lim Vazirligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 700 milion so‘mlik zamonaviy mebel jihozlari va uskunalar bilan ta'minlandi.




Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech