Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

DXX, SEKTOR RAHBARLARI VA  YOSHLAR  UCHRASHUVI     

  

20-dekabr kuni Zarafshon shahridagi "Yulduz" madaniyat markazida shahar DXX, sektor rahbarlari va yoshlar  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Raxmanov, DXX va sektor rahbarlari, shahar hokimi o‘rinbosari, mutasaddi rahbarlar, yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov  so‘zga chiqib, shahrimizda  yoshlar uchun yaratilgan qulayliklar natijasi, ta'lim sohasida erishilgan yutuqlar va hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida fikrlar bildirildi. 

Shuningdek, shahrimizdagi umumta'lim maktablarni tamomlab, xorijiy va mahalliy  nufuzli oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan bitiruvchilar va  faol yoshlar o‘zlarining taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tishdi.


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech