Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Zarafshon shahar mahalliy budjetining 2023-yil III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida


2023 - yil 22 - noyabr                            VI-70-152-5-78-K/23                   Zarafshon shahar hokimligi

 

 

Zarafshon shahar mahalliy budjetining 2023-yil III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24- moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga asosan 2023-yil III chorak daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan shakllangan qo‘shimcha manbalardan foydalanish maqsadida xalq deputatlari shahar Kengashi

QAROR QILADI:

 

  1. Shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b N. Xolovning mahalliy budjetning III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Shahar mahalliy budjetining III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismi hisobidan ilovaga muvofiq mablag‘ ajratilsin.
  3. Shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan mablag‘ oluvchilarning rahbar va mas’ul xodimlari ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, ushbu mablag‘larning ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga shaxsan javobgar ekanligi belgilab qo‘yilsin.
  4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Shoxmirzayev, xalq deputatlari shahar Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi D. Хamroyev zimmasiga yuklansin.

 

 

Kengash raisi                                                                                   N. Rahmanov


 

Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining 2023-yil 22-noyabrdagi VI-70-152-5-78-K/23-son

qaroriga 1-ilova

 

 

Т/r

Mablag‘ ajratiladigan tashkilot nomi

Tadbir nomi

Ajratiladi gan mablag‘

1

Yoshlar ishlari agentligi Zarafshon shahar bo‘limi

Kompyuter jihozlarini ta’mirlash uchun

5

2

Zarafshon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi

Patronatga olingan bolalarga kiyim-bosh sotib olish xarajatlari uchun (PQ-4185)

20

 

3

Zarafshon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida zaruriy qurilish materiallari va xo‘jalik mollari xarid qilish uchun

 

25

 

4

Zarafshon shahar mahallabay ishlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi

"Yangi Zarafshon" FO‘O‘BO uchun kitob javonlari sotib olish xarajatlariga

 

6

5

"Nuroniy" jamg‘armasi Zarafshon shahar bo‘limi

Keksalar va maslahat guruhlarini rag‘batlantirish hamda elektron ijro tizimiga ulanish xarajatlari uchun

8

 

6

Zarafshon shahar obodonlashtirish boshqarmasi

Yangi yil archasi tadbirlari doirasida zarur qurilish materiallari, turli yoritkichlar, bezaklar, kabel va boshqa xo‘jalik mollari xarid qilish uchun

 

20

 

7

Zarafshon shahar obodonlashtirish boshqarmasi

"Yangi Zarafshon" FO‘O‘BO binosi atrofini obodonlashtirish maqsadida bruschatka va boshqa qurilish materiallari xarid qilish uchun

 

13

8

Zarafshon shahar obodonlashtirish boshqarmasi

24/7 ko‘cha uchun arka yasatish maqsadida temir profil mahsulotlari xarid qilishga

20

 

9

Zarafshon shahar sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi

Xizmat avtomobillarini ta’mirlash va kerakli jihozlar sotib olish xarajatlari uchun

 

10

 

10

Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida zarur qurilish materiallari va xo‘jalik mollari xarid qilish uchun

 

25

11

Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi

Kontratseptik vositalar sotib olish uchun

5

12

 

Zarafshon shahar hokimligi

Jamoatchilik fikri asosida "Fuqarolar tashabbusi" jamg‘armasiga 30% mablag‘ni yo‘naltirish uchun

200

 

13

 

Zarafshon shahar hokimligi

"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasi xarajatlariga (15%) (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19- yanvardagi PQ-92-son qaroriga asosan)

 

100

 

14

 

Zarafshon shahar hokimligi

"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasi xarajatlariga (15%) (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qaroriga asosan)

 

50


 

 

 

 

15

Zarafshon shahar hokimligi

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida Bolalar sog'lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko'maklashish jamg'armasi xarajatlariga (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18- noyabrdagi PQ-427-son qaroriga asosan)

 

 

33

16

Zarafshon shahar hokimligi

Qo‘riqlash xizmati xarajatlariga

20

 

17

Zarafshon shahar hokimligi

Xizmat avtomobillarini ta’mirlash, avtomobillarga ehtiyot qismlar hamda yonilg‘i mahsulotlari sotib olish uchun

 

20

 

18

Zarafshon shahar hokimligi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish maqsadida ssuda mablag‘ini shakllantirish uchun (Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 85-son qaroriga asosan)

 

50

19

Zarafshon shahar hokimligi

Kompyuter jihozlarini ta’mirlash uchun

3

20

Zarafshon shahar hokimligi

Maxsus aloqa xizmati uchun

17

 

21

Zarafshon shahar hokimligi

Zarafshon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar

markazi binosini ta’mirlash maqsadida zarur qurilish materiallari va boshqa xo‘jalik mollari hamda mebellar sotib olish xarajatlari uchun

 

14,2

 

 

 

664,2

 

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech