Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA BESH MING O'RINLIK JOME MASJID QURILMOQDA

Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov  mas'ullar ishtirokida shahrimizda qurilish ishlari davom etayotgan jome masjidiga bordi. Ayni kunlarda jome masjidining  tom qismi gumbaz qo'yish ishlari, qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shahar hokimi mutasaddilar bilan muloqotda bo'lib, hamjihatlik asosida qilingan ishlar samarali bo'lishini va shunday xayrli tadbirlar  bardavom bo'lishini aytib o'tdi. Shuningdek, qilinayotgan ishlar xayrli bo'lishi uchun duolar qilindi. Masjid imomi tomonidan Quron tilovat qilinib, qurbonlik qilindi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech