Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Ma'lumku,  butun yurtimizning har bir go‘shasida bayram shukuhi kezib yuribdi. Shodiyona kunlarda xalqimiz mustaqillik in’om etgan har bir ne’matni e’tirof etib, shu kunlarga yetkazganiga shukrona aytmoqda.

Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar butun shahar bo‘ylab davom etmoqda. 

Bugun, 18-avgust kuni “Tinchlik” mahallasida fuqarolarimiz uchun navbatdagi bayram tadbiri tashkil etildi. Nuroniy otaxon va onaxonlar, mahalla faollari, ma'naviy-ma'rifiy soha xodimlari jam bo‘lgan tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy Konchilik va texnologiyalar universiteti dotsentlari tomonidan Mustaqilligimizning 32 yillik bayramiga bag‘ishlangan ma’ruzalar qilindi.Mustaqillik yillarida, xususan, so‘ngi yillarda ro‘y berayotgan ulkan ijobiy o‘zgarishlar e’tirof etildi.

Shahar "Yulduz" madaniyat markazi jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchada xush kayfiyat baxsh etdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech