Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

⚡️Byuroning Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan 5,6 mlrd. soliq qarzdorligi undirildi!

Soliqlar yurtimiz faravonligi, yo‘llarimiz ravonligi, aholi salomatligiga, farzandlarimiz kelajagi uchun sarflanadi. Afsuski, ayrim fuqarolar o‘z majburiyatlarini unitib, soliq qarzlarini to‘lamasdan kelmoqda. Vaholanki, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash har birimizning fuqarolik burchimizdir. 

Majburiy ijro byurosining Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha davlat budjetiga soliq qarzdorligini undirish yuzasidan soliq organlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida 5,7 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, soliq va boshqa undiruvlar yuzasidan qarzdorlarga tegishli bo‘lgan 28 mln. so‘mlik mol-mulklar xatlangan.

Misol uchun, bo‘lim ish yurituvidagi “О.Q.Z” MCHJdan  222,5 mln. soliq qarzini undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni undirish  maqsadida, hisob raqamlariga band solingan hamda mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan. 

Olib borilgan ijro harakatlari davomida MCHJdan jami 222,5 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirilib, davlat soliq boshqarmasining tegishli hisob raqamlariga yo‘naltirilishi ta'minlangan. 

Soliq qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech