Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"ALINUR ZARAFSHON KELAJAGI" xususiy korxonasiga 200 litr hajmdagi quyosh suv istish kollektorlari o‘rnatildi

Bizga ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-220-sonli Farmonining 5-bandiga asosan 2022-yil 4-avgustda “Daftarlar”ga kiritilgan oilalarni quyosh suv istish qurilmasi yoki quyosh panellari bilan beg‘araz ta'minlash bo‘yicha 02-02/721-sonli Manzilli dastur tasdiqlangan. Bu borada Zarafshon shahrida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, Zarafshon shahrida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘alari hisobidan 3-sektor hududi bo‘lgan “Dovgiztov” MFYda istiqomat qilayotgan 2 ta oilalarga 2,2 kVt quvvatdagi quyosh panellari hamda 4-sektor hududida faoliyat ko‘rsatayotgan "ALINUR ZARAFSHON KELAJAGI" xususiy korxonasiga 200 litr hajmdagi quyosh suv istish kollektorlari  o‘rnatildi. Sektor rahbarlari tomonidan hududda aholi va tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida energiya tejovchi texnologiyalarning avfzalliklari va qulayliklari keng targ‘ib qilib borilmolqda.




Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech