Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Muzeylar har bir xalq tarixi, madaniyati, turmush tarzi, milliy anʼana va qadriyatlarini oʻrganish, ularni targʻib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar bo'linmasi tomonidan  o‘quvchilari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida shahar 4-maktab o‘quvchilari bilan shahar hokimligi va shahar ma'naviyat bo‘linmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan muzeyiga sayohat tashkil etildi. 

Sayohat davomida muzeydagi tarixiy ashyolar, noyob buyumlar, milliy hunarmandchilik namunalari shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari tomonidan tushuntirib berildi. Bu esa yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, eʼzoz va muhabbat tuygʻusini uygʻotish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand boʻlish tuygʻusini ham shakllantira oladi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech