Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHONDA MAORIF XODIMLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Zarafshon shahar Yulduz Madaniyat markazida Xalqaro Nordik Universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov va universitetning Moliya ishlari bo‘yicha prorektori Nuriddin Murodullayevlar bilan Zarafshon shahar maorif xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuvda shahar hokimi Nazirbek  Raxmanov,  shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Xakimov, mutasaddi tashkilot rahbarlari va maorif xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda fin modeliga asoslangan XNUda yaratilgan shart-sharoitlar, akademik va ilmiy sohalarni rivojlantirish bilan bog‘liq amaliy ishlar, qabul tartiblari bilan tanishtirildi. 

Uchrashuvda Tomdi tumanidagi maktablar ham ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi. Hamda ishtirokchilar  savollarga kerakli javoblarni oldilar.

Navoiy viloyati hokimligi
axborot xizmati.



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech