Bugun shahar hokimi Nazirbek Rahmanov Savdo-sanoat palatasi Zarafshon shahar bo’limi va boshqa mas’ullar bilan birgalikda tadbirkorlar va tadbirkorlik istagidagi fuqarolar bilan uchrashdi.
Ushbu uchrashuvda asosan, tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit ajratish masalasi, yoqilg'i quyish shaxobchasini tashkil etish uhcun qo'shimcha yer-joy masalasi va boshqa muammo, takliflar tinglandi.
Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan murojaatlar tegishli rahbarlarga biriktirilib, ularni hal etish bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi.