Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan Zarafshon shahridagi "Billur"  tantanalar uyida  iftorlik dasturxoni tashkil etildi. 

Ushbu iftorlik tadbirida  300 nafar fuqarolar ishtirok etishdi. Tadbir davomida bugungi kunda yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, yaratilgan shart-sharoitlar, shukronalik hissi va tinchlik ulug‘ ne'mat ekanligi borasida ma'ruza qilinib, yurtimiz tinchligi, xalqimizning farovon yashashi uchun duolar qilindi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech