Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

YO'L KENGAYTILIB, ASFALT YOTQIZILMOQDA

Xalqimizda "Yo‘l qurish savob" degan naql bor, chunki yo‘lni qurib, uni xalq xizmatiga topshirish orqali qanchadan – qancha odamlarning mushkuli oson, manzili yaqin bo‘ladi. Shahrimizda bunyodkorlik loyihalari, xususan, qatnov yo‘llarning kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov shahar "Sarbon" MCHJ tomonidan yo‘l kengaytirish ishlari olib borilayotgan manzilda bo‘ldi. Yo‘l kengaytirish ishlarining yakuniy bosqichlaridan bo‘lgan asfalt yotqizish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mazkur qatnov yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari doirasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech