Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMI NAZIRBEK RAHMANOVNING SHAHRIMIZ YOSHLARIGA MUROJAATI

Аssalomu alaykum,
Qadrli yoshlar!

 Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda siz azmu shijoatli  yoshlarning o‘rni  tobora ortib bormoqda.Davlatimiz Rahbari tomonidan mamlakatimizda joriy yilni “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb eʼlon qilinishi, har bir mahallada yoshlar bilan manzilli ishlash borasida oldimizga ulkan vazifalarni qo‘ymoqda. Shahrimizda yoshlarning haq-huquqlari va manfaatlarini kafolatlash, ularni barkamol qilib tarbiyalash, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga qaratilgan ishlarimizni yanada takomillashtirishimiz lozim. Shu bois, joriy yilda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘ramiz. “Yoshlar bandlik dasturlari” va “Harakatlar rejasi” orqali shahrimizdagi barcha mahallalarni yoshlar ishsizligi hamda jinoyatchiligidan holi hududga aylantiramiz. Shuningdek, xorijda ishlash istagidagi  yoshlarni monomarkaz, kasb-hunar markazi va texnikumda chet tili va kasb-hunarga o‘qitib, tashkillashtirilgan tartibda rivojlangan davlatlardagi xavfsiz va yuqori daromadli ish o‘rinlariga yuboramiz. 100 nafar bitiruvchilarimizni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘qitish orqali bandligini taʼminlaymiz. Shu o‘rinda shahrimiz yoshlari tomonidan erishilayotgan yutuqlarga to‘xtalib o‘tsak. Joriy o‘quv yilida 974 nafar yoshlar umumtaʼlim maktablarini tugatib, yangi hayotga qadam qo‘yadi. Bugungi kunda shulardan 2 nafari dunyoning nufuzli universitetlariga muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi. 13-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Rashidova Nigina dunyoning nufuzli Nyu-York unieversitetiga 83 ming dollarlik grant yutib olgan bo‘lsa, 1-sonli maktabning 11-sinf bitiruvchisi Sharipov Аdxambek АQShning Аrizona universitetiga 92 ming dollarlik grant bilan muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi. Shuningdek, 12-maktabdan 1 nafar, 11-maktabdan 1 nafar va 13-maktabdan 1 nafar bitiruvchilarimiz Xalqaro va milliy sertifikatlardan yuqori ball egallab, mahalliy universitetlarga muddatidan oldin 88.3 foiz ball to‘plashga erishdi.
Kuni kecha, 27-29-fevral kunlari iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Аl-Xorazmiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida 
10-sonli maktabning 7-sinf o‘quvchisi Muxiddinov Muxammad matematika fanidan o‘z tengdoshlari o‘rtasida 1-o‘rinni egallab, olimpiadaning Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Shuningdek, geografiya fanidan 8-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Islamova Shaxina viloyatda 1-o‘rin egallab, Xalqaro IGEO olimpidasining Respublika saralash bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Joriy o‘quv yilida asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida 16 nafar iqtidorli o‘quvchilarimiz 1-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi va shunlardan 7 nafar 11-sinf bitiruvchilarimiz rus tili va adabiyoti, o‘zbek tili, tarix, ingliz tili, informatika, ona tili tarix, georafiya fanlaridan 2024-yil 24-27-mart kunlari oʼtkaziladigan Respublika fan olimpiadasida Respublika miqyosidagi iqtidorli o‘quvchilar bilan bellashadi. Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahrida qozoq tili va adabiyoti fanidan o‘tkazilgan XX Xalqaro fan olimpiadasida 4-sonli maktabning 7 nafar oʼquvchilari 1 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallari sohibi bo‘ldi. Shulardan 1 nafar 11-sinf bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga muddatidan oldin grant yutib oldi. “VOIT”  Ay-ti oʼquv markazida taʼlim olayotgan shahrimiz yoshlari bugungi kunda olgan bilimlarini amalda qo‘llab, yuqori daromad topayotganlarini taʼkidlash joiz. Xususan, “Аgro imkon” platformasi tayyorlash xizmati uchun 29 ming АQSh dollor grant yutib olishdi. Zarafshon shahri yoshlari o‘rtasida kibersportni rivojlantirish maqsadida ushbu sport turi bo‘yicha Zarafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda musobaqa o‘tkazilib, g‘oliblar munosib taqdirlandi.

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalangan holda joriy yilda 2000 nafar o‘quvchilar 
B2 sertifikatini olishi oldimizdagi ustuvor vazifalarimizdan biridir. 
Maktablarning infratuzilmasini yaxshilash borasida kelgusi o‘quv yilida 1-sektor hududi Muruntog‘ MFYda joylashgan 7-sonli umumtaʼlim maktabi kapital taʼmirdan o‘tkaziladigan bo‘lsa, 19-kichik tumanda  990 o‘rinli zamonaviy yangi maktab barpo etiladi. Shuningdek, 3 ta bolalar maydonchasi quriladi. Yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida 3 ta universal sport maktabi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 24/7 soat xizmat qiladigan yoshlar saylgohi barpo etiladi. IT sohasiga qiziqishi bor 1700 nafar yoshlarni shahrimizda ochilgan “Thompson school” ITva ingliz tili o‘quv markazida “Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” loyihasida bepul o‘qitish orqali sohadagi yuqori daromadli ishlar bilan taʼminlaymiz. Tadbirkorlikka qiziqishi bor yoshlarga imtiyozli kredit, subsidiya ajratiladi hamda kasbga o‘qitiladi. Yoshlarga xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratiladi. Oldinlari faqat IELTS olishlari uchun mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, endilikda B2 va unga tenglashtirilgan CEFR imtihonlariga ham jamg‘arma tomonidan qoplab beriladi. Oldimizga qo‘ygan bu ulkan reja va vazifalarni amalga oshirishda siz aziz yoshlarimiz biz bilan bir safda bo‘lib bor kuch va imkoniyatingizni safarbar etishingizga, tashabbusni o‘z qo‘lingizga olib, mahallangiz va tengqurlaringizning hayotini yaxshilash, shahrimizni yanada obod qilish yo‘lida bor kuch-g‘ayratingizni ayamasligingizga ishonamiz. 
Biz shahar rahbarlari siz aziz yoshlarimizning taklif va tashabbuslarini amalga oshirish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishga tayyormiz. “Qars ikki qo‘ldan chiqadi” – degan dono naqlga tayanib, siz aziz yoshlarimiz har daqiqaning qadriga yetib, o‘z ustingizda to‘xtovsiz ishlashingiz, kitob o‘qishingiz hamda xorijiy tillarni oʼrganishni “qatʼiy kun tartibingiz” ga aylantirishingiz hamda shahrimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga kamarbasta bo‘lishingizga ishonamiz.  Umuman olganda, biz sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaymiz va shahrimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarimizni faol ishtirok etishga, tashabbuskor va faol bo‘lishga chaqirib qolamiz.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech