Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#press_tur QURILISH VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI BO‘YICHA PRESS-TUR O‘TKAZILDI

Bugun Zarafshon shahrida qurilish va obodonlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi istiqbolli rejalarga bag‘ishlangan press-tur bo‘lib o‘tdi. 
        Unda shahar hokimi Nazirbek Rahmonov boshchiligida sohaga aloqador barcha korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda  shahrimizdagi jurnalistlar va blogerlarni ishtirok etishdi. 
        Press-turda issiqlik tizimi, elektr ta'minoti, gaz tarmoqlaridagi uzilishlar, yangi qurilayotgan uylarda qurilish firmalari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, obodonlashtirish, chiqindi muammolari tilga olindi. 
       Bu borada fuqarolar tomonidan kelgan murojaatlarga mutasaddilar atroflicha javob qaytarishdi. 
       Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov jurnalist va blogerlarning savollariga javob berar ekan,ommaviy axborot vositalari tomonidan xolis ma'lumot berilsa, hech qachon e'tiborsiz qoldirilmasligini ta'kidladi. 

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech