Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida seminar tashkil etildi

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i va viloyat IIB boshlig‘i tomonidan 2023-yil 11-oktabrda tasdiqlangan reja-grafikka asosan Zarafshon shahar adliya bo‘limi va shahar IIB xodimlari hamkorligida ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar, jinoyatchlikka qarshi hamkorlikda kurashish va "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida seminar tashkil etildi.

 Seminarni shahar adliya bo‘limi boshlig‘i О.Nasirov, IIB boshlig‘i o‘rinbosari F.Imomov va shahar IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshlig‘i N.Jo'rayevlar olib borishdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech