Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

✏️#TARIX ©BUGUN - NAVOIY VILOYATI TASHKIL TOPGAN KUN

2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

✏️#TARIX

©BUGUN - NAVOIY VILOYATI TASHKIL TOPGAN KUN

1992-yil 27-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Navoiy viloyatini qaytadan tiklash haqida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq Navoiy viloyati avvalgi chegaralarida qaytadan tiklanib, uning tarkibiga Buxoro viloyatining Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlari, Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Navoiy, Tomdi, Uchquduq tumanlari, Samarqand viloyatining Nurota va Xatirchi tumanlarini kiritildi. Navoiy shahri viloyatning ma’muriy markazi etib belgilandi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerakki, Navoiy viloyati 1982-yil 20-aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988-yilda ma’muriy birlik sifatida tugatilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek 1992-yil boshida qayta tiklandi.
Mazkur hujjat O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanadi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech