Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

RASMIY MUNOSABAT

Zarafshon shahar 13-kichik tuman 20-uydagi fuqarolar tomonidan yo'llangan  murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov   mutasaddilar ishtirokida fuqarolar bilan uchrashib, murojaatlarini nazoratga oldi. Xususan, bugungi kunda qurilish-ta'mirlash ishlari davom etayotgan mazkur ko'p qavatli uydagi aholi xonadonlarining gazplitalarini tabiiy gaz tarmog'iga ulash hamda lokal qozonxona o'rnatish orqali xonadonlarga issiqlik ta'minoti yetkazib berish buyicha vazifalar belgilandi. 

Ayni vaqtda belgilangan vazifalar yuzasidan "Zarafshonshahargaz" gaz ta’minoti bo'limi xodimlari va mas'ullar tomonidan ishlar amalga oshirilmoqda.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech