Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

IKKINCHI SEKTOR SHTABI BINOSI FOYDALANISHGA  TOPSHIRILDI

Bugun,  Zarafshon shahrida yangi yil bayrami arafasida shahar prokurori, 2-sektor shtabi binosining foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda shahar hokimi  Nazirbek  Raxmanov,  sektor rahbarlari,  hokim o‘rinbosarlari,  mutasaddi rahbarlar,  mahalla faollari,  nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. 

Nuroniylar tomonidan rasmiy  lentalar kesilib,  mehmonlar 2-sektor shtabi binosining ichki qismi bilan tanishdilar. 

Tadbirda  so‘z olganlar,  ushbu binoning aynan yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshirilayotganligi bilan soha xodimlari tabriklab,  ishlariga omad va muvaffaqiyat tilashdi. 
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech