Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#Yangi_hayot_uchun_yangi_ O‘zbekiston_uchun_ SHAHRIMIZ FUQAROLARIGA BAYRAMONA KAYFIYAT ULASHILMOQDA

SHAHRIMIZ FUQAROLARIGA BAYRAMONA KAYFIYAT ULASHILMOQDA

"Yangi hayot uchun,  yangi O‘zbekiston  uchun"  shiori ostida hamda yangi yil bayrami munosabati bilan shahrimiz bo‘ylab bayram tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, shahar "Alisher Navoiy"mahallasi hududidagi markaziy dehqon bozorida aholiga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida archa bezatilib, bayram tadbirlari tashkil etildi. 

Shahar madaniyat bo‘limi xonandalari, ma'naviyat targ‘ibotchilari tomonidan yoshlar, nuroniylar va aholiga xush kayfiyat ulashuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. 

Ma'lumot o‘rnida shuni  aytish kerakki, bugungi kunda markaziy dehqon bozorida aholi dasturxonini toʻkin-sochinligini taʼminlash uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech