Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#Zóravonlikka_qarshi_16_kun

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar rejasida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e'lon qilingan "25 noyabr- Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni" munosabati "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" mavzusida targ'ibot tadbirlarini o'tkazish belgilangan.

Joriy yilning 6-dekabr kuni Markaziy kon boshqarmasi ishchi-xodimlari o'rtasida "Zo'ravonlikka qarshi 16 kunlik" aksiya targ'ibot tadbiri bo'ldi.Tadbirda Zarafshon shahar hokimi o'rinbosari, Xotin-qizlar bo'imi boshlig'i L.Tursunova, Navoiy viloyati Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi rahbari N.Ermamatova, "Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish tumanlararo markazi rahbari A.Kushakbayeva, Navoiy viloyati "Baxtli oila" NNT rahbari N.Hamidova, Zarafshon shahar IIB JXX HPB XQMB katta inspektori O.Asadova, Markaziy kon boshqarmasi "Ayollar kengashi" raisi S.Boboyorovalar ishtirok etdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'isida" gi qonuni mazmun mohiyati, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari faoliyati, himoya orderi, zo'ravonlik va uning ko'rinishlari, javobgarlik, oilada zo'ravonlikni kelib chiqish sabablari, oqibatlari to'g'isida ma'lumotlar berildi.Targ'bot tadbiri davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech