Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

KONCHILAR MAHALLASIDA JINOYATCHILIK MUHOKAMASI OʻTKAZILDI

Jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni bartaraf etish  borasida har hafta davomida fuqarolar bilan profilaktik tadbirlar, uchrashuvlar, muloqotlar oʻtkazilmoqda.

Bugun Konchilar mahalla fuqarolar yigʻinida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan shahar IIB xodimlari, fuqarolar ishtirokida  profilaktik uchrashuv oʻtkazildi. 

Uchrashuv davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi, internet tarmoqlarida firibgarlik, shuningdek, jinoyatchilik bilan bogʻliq holatlardan ogoh etish, unga qarshi kurashish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech