Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

YANGI ZARAFSHON MAHALLASIDA "OBOD XONADON" KO'RIK TANLOVI O'TKAZILDI

Zarafshon shahar Yangi Zarafshon mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko'cha" "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish, xonadonlarda sog'lom turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida "Obod xonadon" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.

Tadbir ochilish marosimida shahar hokimi o'rinbosari L.Tursunova so'zga chiqib,  Yangi Zarafshon mahallasi infratuzilmasi yaxshilanib, aholi uchun qulay imkoniyat va sharoitlar yaratilganligi, mazkur mahalla obod maskanga aylanganligini ta'kidladi. Tanlovda ishtirok etayotgan nomzodlarga omad tilanib, tadbir ochib berildi. Tadbir davomida ishtirokchilar belgilangan shartlar asosida bellashishdi. Hamda o'zlarining milliy an'analarini, urf-odatlari uyg'unlashgan chiqishlarini tadbir ishtirokchilariga namoyish etishdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech