Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

SHAHAR FAVQULODDA VAZIYATLAR BO'LIMINING YANGIDAN QURILAYOTGAN BINOSIDA SHTAB YIG'ILISH O'TKAZILDI

Yig‘ilishda Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar prokurori Sh.Shernazarov, mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Unda shahar favqulodda vaziyatlar bo'limining yangidan qurilayotgan binosidagi ta'mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Yig‘ilish davomida mas'ullarga binoni elektr, issiqlik, suv ta'minoti bilan ta'minlash, moddiy-texnik bazasini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish yuzasidan vazifa va topshiriqlar berildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech