Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHONLIK YOSHLAR FAN OLIMPIADASIDA YUQORI NATIJALAR QAYD ETISHMOQDA

Prezidentimiz tomonidan barcha sohalar qatori yurtimizda yoshlarni har tomonlama yetuk va komil inson qilib tarbiyalash, ularning intilish va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, isteʼdod va salohiyatlarini roʻyobga chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

Xususan, Navoiy shahrida fan olimpiadasining uchinchi, viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Zarafshon shahridagi 13-AFCHOʻI maktabining 5 nafar  oʻquvchilari fan olimpiadasining uchinchi bosqichida  ishtirok etishdi. Bu yilgi fan olimpiadalari ham har yilgidan ko'ra murosasiz kechdi. Fan olimpiadasining viloyat bosqichi shaffof, ishonchli va halol oʻtkazilishi natijasida 13-maktabning  besh nafar oʻquvchilari viloyat bosqichida munosib oʻrinlarni egallashdi hamda 4 nafar oʻquvchi 1-,2-,3- oʻrinlarni qoʻlga kiritib, respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishdi.  Umidli oʻquvchilarimizni yuqori natijalar bilan qutlaymiz.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech