Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ХALQ DEPUTATLARI ZARAFSHON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YETMISHINCHI  SESSIYASI BO'LIB O'TDI

Sessiya kun tartibida  shaharning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotiga oid dolzarb 10 ta muhim masala yuzasidan, xususan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida PF-158-son Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-son Qarorlarining shahardagi ijrosi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Zarafshon shahrida 2022-2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi;

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qo'mitasining “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida” 2023-yil 26-sentabrdagi 204-son Qarori ijrosi;

Shaharda O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida va boshqa muhim masalalar yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglandi. Shuningdek, sessiya davomida tegishli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Sessiya toʻgʻridan toʻgʻri quyidagi havola orqali onlayn facebook tarmogʻi sahifalarida yoritib borildi:

https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=916753990014176&id=100064211141143&mibextid=Nif5oz

https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=172939475842449&id=100064211141143&mibextid=Nif5oz

https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=1766336677161761&id=100064211141143&mibextid=Nif5oz
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech