Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-aprelda PQ–5050-sonli “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini ta'minlash  maqsadida joriy yilning 10-noyabr kuni profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Zarafshon shahar hokimi N.Rahmanov,  shahar Ichki ishlar boshligʻi oʻrinbosari F.Imomov hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi. Profilaktika inspektorlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan vazifalar berildi. Har bir mahalla tinchligi va xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ishlar  belgilandi. 

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech