Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA "YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA IIB XODIMLARI KO'CHATLAR EKISHDI.

Bugungi kunda Respublikamiz bo'ylab davom etayotgan "Yashil makon" umummilliy loyiha doirasidagi kuzgi daraxt ekish ishlari Zarafshon shahrida ham amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugun erta tongdan shahar IIB boshlig'i Elyor Yaxyoyev boshchiligida barcha sohaviy xizmat xodimlari va tegishli tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘chat ekish aksiyasi doirasida 1 yarim mingga yaqin saksovul nihollari o‘tqazildi.

Ta'kidlash joizki, shahrimiz atrofi bo‘ylab tashkil etilayotgan ushbu "saksovul belbog‘lari" qum va chang bo‘ronlaridan asraydigan belbog‘ vazifasini  bajaradi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech